"Milan"da jiddiy yo'qotish bor
1 YANVAR, 2026, 17:00
Italiya chempionati navbatdagi turi 2 yanvar, juma kuni "Milan" – "Kalyari" bahsi bilan start oladi.
O'yin arafasida Massimiliano Allegra hujumda muammolarga duch keldi. Rafael Leauning qaytishi noma'lum.
Oldingi o'yin qahramoni Kristofer Nkunku ham uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. U mashg'ulotlarda jarohat oldi va "Kalyari" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports.
