logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tayson Fyuri: "Usik Uaylderga qarshi jang uchun WBC kamaridan voz kechishi mumkin"

 1 YANVAR, 2026, 14:32

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining fikricha, Aleksandr Usik navbatdagi jangini amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o'tkazadi.

"Usik WBC vakili bilan jang qiladi deb o'ylamayman, chunki bu janglarda u pul topa olmaydi. U Agit Kabael yoki Lourens Okoli bilan janglarda millionlar ishlay oladimi? Yo'q! Tayson Fyuri bilan janglarda ko'p pul topganingda, ozgina pul uchun janglarga qaytishni xohlamaysan. SHuning uchun u Uaylderga qarshi jang haqida o'ylamoqda.

U WBC kamaridan voz kechishi mumkin, chunki u allaqachon WBO kamaridan voz kechib ulgurdi va Agit to'laqonli jahon chempioniga aylandi. U himoyani Okoli yoki Mozes Itaumaga qarshi o'tkazishi mumkin", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi DAZN.

Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri professional ringda ikki marta Uaylderni mag'lub etgan va ikki marta Usikka ochkolar bo'yicha yutqazgan edi. Britaniyalik 2026 yilda hamyurti Entoni Joshuaga qarshi jang uchun ringga qaytishi kutilmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ