logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nurmagomedovga raqib berildi, bir oydan so'ng qismatdoshlar jangi!

 1 YANVAR, 2026, 12:32

7 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri tashkil etiladi.

UFC Fight Night 266 turniri tashkilotchilariga yaqin manbaning xabar berishicha, oqshom kardidan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang anons qilingan. Unda o'ta engil vazn toifasi vakillari - rossiyalik Said Nurmagomedov va britaniyalik Javid Basharat o'zaro oktagonda to'qnash keladi. 

Malumot uchun, 33 yoshli Said Nurmagomedov ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Vinishius Oliveyra va Brays Mitchellga imkoniyatni boy bergan. Faoliyatida hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonovni mag'lubiyatga uchratgan.  

Britaniya sharafini himoya qilayotgan 30 yoshli Javid Basharat ham Said singari oxirgi ikkita jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. U Eyemann Zaxabiga ochkolar hisobiga ko'ri yutqazgan, Riki Simonga esa nokaut bo'lgan. Ayni paytda ikkala jangchi ham reytingda Top-15`talikka kirmaydi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ