logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Genri Sexudo RAF bayrog'i ostida yana kurashga qaytmoqda

 1 YANVAR, 2026, 11:48

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni, yaqindagina aralash yakkakurashlardagi professional faoliyatini yakunlagan Genri Sexudo kurash ildizlariga qaytadi.

Real American Freestyle ligasi vakillari 2008 yilgi Olimpiada chempioni 28 fevral kuni Arizona shtatining Tampa shahrida bo'lib o'tadigan RAF 6 turnirida bosh murabbiy bo'lishini rasman elon qildi. 2015 yildan buyon ilk bor kurash gilamiga qaytgan 38 yoshli amerikalikning raqibi keyinroq malum bo'ladi.

Genri Sexudo oxirgi marta 6 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 323 turnirida oktagonga ko'tarilgan va hakamlarning qaroriga ko'ra Peyton Talbottga yutqazgandi. Bu uning ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyati edi. O'sha jangdan so'ng Genri rasman "istefo"ga chiqqanini tasdiqlagandi.

Real American Freestyle - 2025 yil aprel oyida ishga tushirilgan professional kurash tashkiloti. O'tgan yili to'rtta turnir o'tkazilib, asosiy janglarga taniqli MMA jangchilarini jalb qildi. 

10 yanvar kuni AQSHning Sanrayz shahrida beshinchi turnir bo'lib o'tadi. Bu RAF turnirining asosiy jangi Kolbi Kovington va Lyuk Rokxold o'rtasida o'tkaziladi. SHuningdek, ushbu oqshom doirasida Bo Nikal va Yoel Romero o'rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi. Arman Carukyan ikki karra PFL chempioni Lens Palmerga qarshi bahs olib boradi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ