logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Aleksandr Andronikashvili: «O'zbekistonda futbolni juda yaxshi ko'rishlarini eshitdim»

 1 YANVAR, 2026, 10:54

Bu yilgi mavsumda «Andijon» sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilardan biri, gruziyalik legioner Aleksandr Andronikashvilining faoliyatida shubhasiz yangi sahifa ochilmoqda.

Tez orada tarkibimizga qo'shiladigan ushbu o'yinchi klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

— «Andijon» klubiga o'tishingiz qanday yuz bergani haqida to'xtalib o'tsangiz.

— Bilasizmi, hammasi juda tez va kutilmaganda sodir bo'ldi.

— Adashmasam, siz «Dila» jamoasi bilan ikkita sovrin yutdingiz. Endi «Andijon» bilan ham birga sovrin yutishni xohlayotgandirsiz-a?

— Ha, 2025 yil bu borada muvaffaqiyatli bo'ldi. Men «Andijon» bilan maksimal maqsadlar uchun kurashish borasida qo'limdan keladigan hamma narsani qilaman.

— Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida chetda to'p surasiz. Bungacha nega legionerga aylanmagansiz?

— Ilgari ham variantlar bor edi. Lekin men to'g'ri vaqtni va to'g'ri tanlov uchun jamoani kutayotgandim. Ishonchim komilki, bu qarorim muvaffaqiyatli bo'ladi.

— O'zbek futboli va xususan «Andijon» haqida nimalarni bilardingiz?

— O'zbekistonda futbolni juda yaxshi ko'rishlarini eshitdim. «Andijon»ga kelsak, ularning o'zgacha muxlislari borligini bilaman.

— «Andijon» klubidan taklif haqida eshitganingizda ilk fikringiz qanday bo'ldi?

— Menga ko'p narsalar yoqdi. Avvalo, murabbiy, muxlislar, mashg'ulot bazasi va stadion.

— Yangi jamoada qaysi raqamda o'ynashni xohlaysiz?

— Bu unchalik muhim emas. Lekin 6-raqam yaxshi bo'lardi. Chunki men bu raqam bilan muvaffaqiyatli mavsumlarni o'tkazdim.

— Yana bir gruziyalik futbolchi — Ashortia ham «Andijon»da to'p suradi. U bilan ham gaplashdingizmi?

— Ha, albatta. Men u bilan gaplashdim va O'zbekistonda o'ynash tajribasiga ega bo'lgan gruzin jamoadoshimga ega bo'lish juda yoqimli.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ