«Chelsi» 1 yanvar kuni Entso Mareskani ishdan bo'shatishi mumkin — The Guardian
1 YANVAR, 2026, 09:06
«Chelsi» futbol klubi bosh murabbiy Entso Mareskani lavozimidan ozod etish arafasida turibdi. Bu holat bugun, 1 yanvar kuni sodir bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian nashri jurnalisti Aleks Kruk.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Mareskaning klub rahbariyati bilan munosabatlari butunlay yomonlashgan. Bunda jamoaning so'nggi natijalari muhim rol o'ynagan: londonliklar oxirgi 9 ta o'yinda atigi 2 ta g'alabaga erishgan. «Bornmut»ga qarshi bahsdan (2:2) keyin Mareska go'yo kasal bo'lib qolgandek ko'rsatib, matbuot anjumaniga kelmadi. Aslida esa u klubdagi vaziyatdan norozi bo'lgani sababli ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Angliya Premer-ligasining 19 ta uchrashuvida «Chelsi» 30 ochko jamg'arib, joriy turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Londonliklar etakchi «Arsenal»dan 15 ochko orqada qolmoqda.
