«Dinamo»ning 2025 yilgi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
31 DEKABR, 2025, 21:18
«Dinamo» PFK matbuot xizmati 18 yillik an'anasini davom ettirib, 2025 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazib, jamoaning 2025 yildagi eng yaxshi o'yinchisi nomini aniqladi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Superligada jamoa to'purari bo'lgan Anvarjon Hojimirzaev eng ko'p ovoz bilan «Dinamo» jamoasining 2025 yildagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U so'rovnomaning yakuniy qismida 53 foiz ovoz to'plab, 47 foiz ovoz olgan Ratinioni ortda qoldirdi va ketma-ket ikkinchi yil bu borada tengsiz bo'ldi.
Ma'lumot uchun, 2007 yildan buyon mavsum yakunlariga ko'ra, «Dinamo»da «yil o'yinchisi» aniqlanib kelinmoqda. Barcha laureatlar bilan tanishing:
«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominatsiyasi g'oliblari:
2007 yil – Farhod Tojiev
2008 yil – Ilyos Qurbonov
2009 yil – Bahodir Nasimov
2010 yil – Ilhom Yunusov
2011 yil – [Devid Oniya]
2012 yil – Ivan Nagaev
2013 yil – Andrey Melnichuk
2014 yil – Andrey Melnichuk.
2015 yil – Kamoliddin Murzoev.
2016 yil – Amirjon Safarov.
2017 yil – Jasur Azimov.
2018 yil – Akmal Xolmurodov.
2019 yil – Botirali Ergashev
2020 yil – Damir Temirov
2021 yil – Shohruxbek Abdurahmonov
2022 yil – Marat Bikmaev
2023 yil – Kojo Joel
2024 yil – Anvarjon Hojimirzaev
2025 yil – Anvarjon Hojimirzaev
