logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Modrich: «Messi yoki Ronaldu?» degan savol menga yoqmaydi, ammo Krishtianu menga yaqinroq

 31 DEKABR, 2025, 21:12

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich «Messi yoki Ronaldu?» degan savolni yoqtirmasligini aytdi, shuningdek, hozirda «An-Nasr» safida to'p surayotgan, o'zining sobiq jamoadoshi — hujumchi Krishtianu Ronalduning inson sifatidagi fazilatlari haqida fikr bildirdi.

— Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
— Bu savol menga yoqmaydi. Ular butun bir davrni belgilab bergan futbolchilar. Menga Krishtianu yaqinroq, chunki u bilan birga o'ynaganman, «Real»da jamoadoshim bo'lgan. Ishonch bilan ayta olaman: u nafaqat buyuk futbolchi, balki ajoyib inson ham. Odamlar buni bilmasligi mumkin, ammo uning qalbi juda keng, u doim yordam berishga tayyor. U juda sodda, oddiy inson.

— Messi-chi?
— Uni inson sifatida yaxshi bilmayman, ammo u ham ajoyib ekaniga shubham yo'q. Futbolchi sifatida u benihoya zo'r, — deya Modrichning so'zlarini "Corriere della Sera" keltiradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ