De la Fuente: "Flikning pozitsiyasini tushunaman"
31 DEKABR, 2025, 21:00
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Yamalning ko'p o'yin o'tkazayotganiga munosabat bildirdi. Bu Flikning noroziligiga sabab bo'lgandi. Bu borada De la Fuente shunday dedi:
"Men Flikning pozitsiyasini tushunaman va u ham mening pozitsiyamni tushunadi, chunki u Germaniya terma jamoasi murabbiyi bo'lgan.
Men o'z mas'uliyatimga e'tibor qaratyapman va terma jamoaga eng yaxshi o'yinchilarni jalb qilishim kerak. Faqat shu tushuntirishning o'zi bizning har qanday qarorimizni oqlaydi", – dedi murabbiy.
