logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Andijon»ning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

 31 DEKABR, 2025, 18:12

«Andijon» matbuot xizmati tomonidan muxlislar o'rtasida an'anaviy tarzda yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o'tkazilgan bu yilgi so'rovnoma yakunlandi.

Ikki bosqichda o'tkazilgan so'rovnomaning hal qiluvchi qismida Erjan Tokotaev, Muhammadkarim Toyirov, Shahzod Azmiddinov va Ismoil Akinade nomzodlari ishtirok etdi.

Eng ko'p ovoz to'plagan qirg'izistonlik darvozabon Erjan Tokotaev 2025 yilda «Andijon»ning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.

U yaqinda Qirg'izistonda ham yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

So'rovnoma yakunlariga ko'ra, ikkinchi o'rin Muhammadkarim Toyirovga, uchinchi o'rin esa Shahzod Azmiddinovga nasib qildi.

Tokotaev ikkinchi davrada «Andijon» safiga qo'shilgan bo'lib, Superligada 12 ta, OChL–2 musobaqasida esa 4 ta o'yin o'tkazdi. Erjan chempionatda ikki o'yinda darvozasini daxlsiz saqlagan bo'lsa, OChL–2 da o'zi ishtirok etgan barcha uchrashuvlarda «quruq» o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili eng yaxshi futbolchi nomiga Bektemir Abdumannonov sazovor bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ