logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» futbolchisi bilan yaxshilangan shartlarda shartnomani uzaytirishni kelishib oldi

 31 DEKABR, 2025, 13:06

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.

Cadena SER xabariga ko'ra, marokashlikning yangi mehnat shartnomasi 2030 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Bitim hali rasman tasdiqlanmagan, lekin allaqachon to'liq kelishilgan. Marokashlikning maoshi oshadi.

Braim Diasning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda bitta gol va ikkita assist muallifiga aylandi.

4 yanvar, yakshanba kuni Xabi Alonso jamoasining "Betis"ga qarshi navbatdagi o'yini bo'lib o'tadi. Braim Afrika kubogida qatnashayotgani sababli uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ