logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jeyk Pol Joshuaga qarshi jangning hech bir raundida yutmabdi

 31 DEKABR, 2025, 13:00

Florida shtati sport komissiyasi superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua va bloger Jeyk Pol o'rtasidagi jangning hakamlar hujjatidan ko'chirmani elon qildi.

Malumotlarga ko'ra, Pol hech qaysi raundda g'alaba qozona olmagan. Beshinchi va oltinchi raundlarda ikkitadan nokdaunlar sabab 7-10 hisobida mag'lub bo'lgan. SHu bilan birga, hakamlar nima uchun yakunlanmagan oltinchi raundni baholagani nomalumligicha qolmoqda.

Boks janglari statistikasini yurituvchi tashkilotlarga yuborilgan bayonnomada qayd etilishicha, jang to'xtatilgan oltinchi raundda Joshua 50-43 hisobida oldinda borayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Jeyk Polning fikriga ko'ra, u jangning dastlabki ikki raundida g'alaba qozongan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ