logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" futbolchisi: "Virts meni qoyil qoldirdi"

 31 DEKABR, 2025, 12:54

"Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Konor Bredli jamoadoshi Florian Virts haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Yaqinda germaniyalik hujumkor yarim himoyachi "qizillar" safida Premer-ligadagi ilk golini urdi - u "Vulverxempton" darvozasini ishg'ol qildi.

"Men Virtsga qoyil qoldim. U birinchi golni biroz kutishiga to'g'ri keldi, lekin men u uchun juda xursandman. Florian - ajoyib o'yinchi. Biz har kuni mashg'ulotlarda uning to'p bilan ajoyib tarzda muomala qilishini ko'ramiz. U to'pni maydonning istalgan nuqtasiga etkazib berishga qodir, har doim nimadir o'ylab topishi, to'pni o'zida saqlab qolishi mumkin. U "Liverpul" uchun juda muhim," - deya Bredlining so'zlarini keltiradi ingliz OAV.

Florian Virts o'tgan yozda "Bayer"dan 125 mln evro evaziga mersisaydliklar safiga qo'shilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ