logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gabriel — 2020 yildan buyon APLda eng ko'p gol urgan himoyachi

 31 DEKABR, 2025, 12:48

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos Premer-ligada navbatdagi golini urdi.

28 yoshli futbolchi seshanba kuni "Emireyts"da bo'lib o'tgan (4:1) bahsning ikkinchi bo'limi boshida "Aston Villa"ni ranjitdi.

Bu braziliyalikning APLdagi 19-goli bo'ldi - u "kanonirlar" safida 2020 yilda debyut qilganidan buyon himoyachilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Eng yaqin ta'qibchi Maykl Kin bo'lib, u 13 marta gol urgan. Virjil van Deyk uchinchi o'rinni Trent Aleksandr-Arnold va Fabian Sher bilan (12 tadan) bo'lishib turibdi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Gabriel dos Santos Mikel Arteta jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ