logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Vaziyat yoqimsiz" - Kafelnikov Kudermetovaning fuqaroligini o'zgartirishi haqida

 31 DEKABR, 2025, 11:32

"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning ikki karra g'olibi, 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, jahonning sobiq birinchi raketkasi Evgeniy Kafelnikov O'zbekistonni "tanlagan" tennischining qaroriga munosabat bildirdi.

Jahonning 104-raketkasi, 22 yoshli Polina Kudermetova sport fuqaroligini o'zgartirib, O'zbekiston sharafini himoya qila boshlagandi. Jahon reytingida 50-o'rinni egallab turgan 24 yoshli Anastasiya Potapova esa Avstriya variantini tanlagan edi. 

"Bunga aralashishning iloji yo'q - bu faqat sportchilarning shaxsiy qarori. Vaziyat yoqimsiz, lekin uni o'zgartirib bo'lmaydi. Biz bunga tayyor edik. SHu bilan birga, ochiq aytish kerakki, gap terma jamoa etakchilari haqida ketmayapti. Potapova ham, Polina Kudermetova ham hozirgi sharoitda Olimpiada tarkibiga kirmagan bo'lardi - ular Rossiya to'rtligiga kirmaydi. Fuqarolikni o'zgartirish ularga Los-Anjeles-2028 o'yinlarida ishtirok etish uchun kurashish imkoniyatini beradi. Bu ularning tanlovi va men buni "yaxshi" yoki "yomon" deb baholamayman", - dedi Kafelnikov CLAY nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Anastasiya Potapova shu yilning 4 dekabr kuni Avstriya terma jamoasida o'ynashga qaror qilganini elon qildi. Polina Kudermetova esa 14 dekabr kuni O'zbekiston "fuqarosi"ga aylandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ