"Chelsi" oxirgi 9 ta o'yindan bor-yo'g'i 2 tasida g'alaba qozondi
31 DEKABR, 2025, 05:24
"Chelsi" so'nggi 9 o'yinda atigi 2 g'alabaga erishdi.
Bugun Entso Mareska shogirdlari APLning 19-turida "Bornmut" bilan ochko bo'lishdi - 2:2. Bu "ko'klar"ning so'nggi to'qqiz o'yindagi to'rtinchi durangidir. Shuningdek, ushbu davrda uchta mag'lubiyat va ikkita g'alabaga erishildi.
4 yanvar kuni "Chelsi" safarda "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.

