Semenoning "Manchester Siti"dagi maoshi ma'lum bo'ldi
30 DEKABR, 2025, 22:18
Hammasi hujumchi Antuan Semenoning "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga o'tishiga qarab ketmoqda. Bitim yaqin kunlarda, uzog'i bilan yakshanbagacha rasmiylashtirilishi mumkin. The Guardian nashrining yozishicha, "shaharliklar" Semenoni sotib olish optsiyasida ko'rsatilgan summani uch yil ichida to'lamoqchi. Gap taxminan 65 million funt (74,5 million evro) haqida ketmoqda.
Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" allaqachon 25 yoshli Semeno bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Maosh haftasiga 150 ming funt (taxminan 171 ming evro) va bonuslarni tashkil etadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Antuan Semeno 18 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
