Noyer Goretskaga maslahat berdi
30 DEKABR, 2025, 19:06
"Bavariya" sardori Manuel Noyer Leon Goretskaning ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilishi kerakligi haqida gapirdi.
Uning fikricha, Goretska juda ko'p "rolik" joylashtiradi.
"U ijtimoiy tarmoqlardagi videolar bilan ko'pchilikning hafsalasini pir qiladi, ketma-ket yuboradi va u shunchaki to'xtamaydi.
Men bir marta unga bu bema'nilikni to'xtatishni aytdim", - dedi Noyer.
