"Tottenxem" markaziy himoyachisiga frantsuz klubi qiziqmoqda
30 DEKABR, 2025, 16:30
Londonning "Tottenxem" klubi markaziy himoyachisi Ben Devis qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, 32 yoshli uelslik futbolchiga "Nitstsa" qiziqish bildirmoqda.
Frantsuz klubi "shporlar" bilan kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan futbolchini arzonlashtirilgan narxda sotib olishi mumkin.
Transfermarkt hozirda Devisni 5 million evroga baholamoqda. U joriy mavsumda 2 ta o'yinda 53 daqiqa maydonda harakat qildi.
