logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" rahbariyati Alonsoning talabini erda qoldirdi

 30 DEKABR, 2025, 13:54

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning yanvar oyidagi transferlar bo'yicha so'rovlarini qondirish niyatida emas.

"Qaymoqranglilar" ustozi qishki transfer oynasida jamoada bir nechta yangi o'yinchilarni ko'rishni istamoqda, ammo klubda bunday imkoniyat hozircha istisno qilinmoqda, deya xabar beradi ESPN. Madrid grandi bosslari ba'zi pozitsiyalar kuchaytirilishi kerakligini tushunishadi, ammo qishki transferlardan voz kechish strategiyasiga qarshi bormoqchi emaslar.

"Real" La Liga 18-turidan keyin 42 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. 4 yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi o'z uyida "Betis"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ