"Tottenxem"ning "Bavariya" futbolchisi transferi bo'yicha pozitsiyasi ma'lum
30 DEKABR, 2025, 13:36
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska qishki transfer oynasida "Tottenxem"ga o'tmaydi.
So'nggi kunlarda "shporlar" 30 yoshli futbolchiga asosiy da'vogar qatorida tilga olinayotgandi, biroq Germaniyada bu mish-mishlar tasdiqlanmayapti. Taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Tottenxem" Goretska transferi ustida ishlamayapti. Ayni paytda xavbekning yanvarda "Bavariya"ni tark etishi ehtimoli haqida hech narsa aytilmayapti.
Leon Goretskaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi yarim yildan keyin o'z nihoyasiga etadi, ammo klub futbolchi bilan mavsum davomida xayrlashishga qiziqmayapti. Bosh murabbiy Vensan Kompani hamon tajribali nemisga umid bog'lamoqda.
