"Milan" "Liverpul" himoyachisini qo'lga kiritmoqchi
30 DEKABR, 2025, 13:36
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Mail Sport jurnalisti Lyuis Stilning ma'lum qilishicha, "rossonerilar" 28 yoshli futbolchining transferiga hamon qiziqish bildirmoqda. Ammo "Liverpul" o'z futbolchisiga munosib o'rinbosar topmaguncha uni qo'yib yubormaydi.
Jo Gomes 2015 yilda "Charlton"dan besh million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Himoyachi joriy mavsum "qizillar" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Gomesning narxi 15 million evroga baholanmoqda.
