Sterlingga APLning 3 klubi qiziqish bildirmoqda
30 DEKABR, 2025, 13:24
"Chelsi" vingeri Rahim Sterling qishki transfer oynasida ketishi mumkin.
"Ko'klar" mavsum boshidayoq asosiy tarkibdan chetlatilgan 31 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor emas. Flashscore ma'lumotiga ko'ra, inglizga "Kristal Pelas", "Fulxem" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda. Xuddi shu klublar o'tgan yozda ham futbolchiga da'vogarlik qilgandi, ammo o'shanda aniq harakatlar bo'lmagandi.
Rahim Sterling joriy mavsumda biror marta maydonga tushmadi. "Manchester Siti" va Angliya terma jamoasi sobiq yulduzining Transfermarkt portalidagi narxi 5 mln evro bo'lib, "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
