logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" bu himoyachini 7 yildan buyon kuzatmoqda

 30 DEKABR, 2025, 13:18

"Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesi nihoyat qishda "Barselona"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Kataloniya grandi yanvarda katta transfer xarajatlarisiz himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 28 yoshli argentinalik asosiy nomzodlardan biri. Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" Senesiga 2018 yilda, u o'z vatanida "San-Lorentso" sharafini himoya qilayotganida ko'z tikkan. Bir yil o'tgach, futbolchini Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi sotib oldi, ammo "ko'k-anorranglilar" vakillari aniq qadamlar qo'ymay, futbolchini kuzatishda davom etishdi.

"Bornmut" sharafini u 2022 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. Futbolchining "giloslar" bilan amaldagi shartnomasi tez orada - joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ