logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. «Roma» «Jenoa» ustidan qozonilgan g'alaba evaziga 4-o'ringa ko'tarildi (Videosharh)

 30 DEKABR, 2025, 05:36

"Roma" Italiya chempionatining 17-turida o'z maydonida "Jenoa"ni mag'lub etdi - 3:1.

Birinchi bo'limda mezbonlar uchta gol urishdi, gollarga argentinalik hujumchi Matias Soule, frantsiyalik yarim himoyachi Manu Kone va irlandiyalik hujumchi Evan Fergyuson mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo'lim so'ngida "Jenoa"ning nigeriyalik forvardi Jeff Exator oradagi farqni 1 taga qisqartirdi.

"Jenoa" ketma-ket uchinchi mag'lubiyatga uchradi. U Italiya chempionati turnir jadvalida 17 o'yindan keyin 14 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. "Roma" ochkolarini 33 taga etkazib, to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.

Keyingi turda "Roma" 3 yanvar kuni "Atalanta" mehmoni bo'ladi, "Jenoa" 3 yanvar kuni "Piza"ni qabul qiladi.

Roma - Jenoa - 3:1

Gollar: Soule, 14 (1:0). Kone, 19 (2:0). Fergyuson, 31 (3:0). Exator, 87 (3:1)

Roma: Svilar, Tsiolkovski, Ermoso, Manchini (Gilardi, 74), Kristante (Pizilli, 74), Kone, Uesli Vinisius (Rench, 86), Zeki Chelik, Fergyuson (Dovbik, 86), Soule (El-Shaaravi, 57), Dibala

Jenoa: Sommariva, Estigor (Markandalli, 59), Vaskes, Otoa, Malinovskiy (Kolombo, 59), Frendrup (Masini, 79), Ellertsson, Martin, Norton-Kaffi, Vitinya (Exator, 72), Ekuban (Fini, 59)

Ogohlantirishlar: Frendrup, 50

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ