Xvicha Kvaratsxeliya Gruziyaning 2025 yildagi yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
29 DEKABR, 2025, 22:06
Gruziya futbol federatsiyasi 2025 yil yakunlariga ko'ra mamlakatning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu mukofot Xvicha Kvaratsxeliyaga nasib etdi.
Bu haqda hujumchi to'p surayotgan «PSJ» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
- Xvicha Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi mukofotini 5-marta qo'lga kiritdi.
- Kvaratsxeliya Kaxa Kaladzening yutug'ini takrorladi.
- 2025 yilda Xvicha «PSJ» bilan birga kvadrupl rasmiylashtirdi.
