logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» prezidenti «Real» bilan muzokaralar ham qilmoqchi emas

 29 DEKABR, 2025, 16:06

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Helayfiy jamoa yarim himoyachisi Vitinya transferi masalasida muayyan pozitsiyani egalladi va "Real" bilan futbolchini sotish bo'yicha muzokaralar olib borish niyatida emas, deb xabar beradi Defensa Central.

Jamoaning asosiy o'yinchisidan ajralishni istamaslikdan tashqari, Al-Helayfiy va Madrid klubi prezidenti Florentino Peres o'rtasidagi keskin munosabatlar ham muhim omil hisoblanadi. Kilian Mbappe atrofidagi turli epizodlar, Superliga masalasida "Real" va UEFA o'rtasidagi ziddiyat ikki rahbar munosabatlariga putur etkazdi.

Avvalroq, matbuotda "Real" Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirda, yarim himoyachini 100 mln evroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida eng yaxshi yarim himoyachi deb topilgan Vitinya parijliklar bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ