"Atletiko" portugaliyalik iqtidor egasi uchun katta summa taklif qilmoqda
29 DEKABR, 2025, 15:36
OAV ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" "Portu" xavbeki Rodrigo Moraning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Madrid grandi yosh iqtidor egasi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone allaqachon transferni ma'qullagan. Yarim himoyachi "Portu" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi.
Rodrigo Mora joriy mavsum 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
