Semenoning agentlari transferni rasmiylashtirish uchun Manchesterga kelishadi
29 DEKABR, 2025, 14:48
"Bornmut" hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semeno "Manchester Siti"ga ishga joylashishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchining agentlari bugun, 29 dekabr kuni muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazish uchun Manchesterga kelishadi. 25 yoshli ganalik vingerning transfer narxi 65 million evroni tashkil etadi. Futbolchining "Bornmut" bilan mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida afrikalik futbolchi 17 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Semeno o'z hisobiga 9 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo'ydi.
