logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gavi o'zining asosiy maqsadlarini aytdi

 29 DEKABR, 2025, 12:42

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi yaqin kelajakda nimalarga erishmoqchiligi haqida gapirdi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli avgust oyidan beri maydonga tushmayapti, ammo fevral oyida safga qaytishi kutilmoqda.

"Umid qilamanki, bu mavsumda ham ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Bu o'tgan safargidek muvaffaqiyatimiz ko'rsatkichi bo'ladi. Oldinda jahon chempionati ham bor - men turnirga borishni va o'yinlarga optimal formada etib borishni kutmoqdaman," - deya Gavining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ayni paytda "ko'k-anorranglilar" La Liga turnir jadvalida "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. 3 yanvar kuni Hans-Diter Flik jamoasi "Espanol"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ