logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gavi Flik va de la Fuentening qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi

 29 DEKABR, 2025, 12:36

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohatidan tiklanish davrida murabbiylarning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi.

Ispaniyalik avgust oyida tizzasidan jarohat olgani uchun safdan chiqqan - unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lgan. 21 yoshli xavbek murabbiylari Xans-Diter Flik va Luis de la Fuente qiyin damlarda unga yordam berayotganini tan oldi.

"Flik doim meni qo'llab-quvvatlaydi, maslahatlar beradi. Uning ham jiddiy jarohatlari bor edi va men uning yordami va g'amxo'rligidan juda minnatdorman. De la Fuente ham tez-tez qo'ng'iroq qilib, ahvolimni so'rab turadi. U juda e'tiborli, buning uchun unga rahmat," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Fernando Polo.

Gavining maydonga qaytishi qish oxiriga rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ