"Atletiko" forvardi yanvarda ketishga qaror qildi
29 DEKABR, 2025, 12:24
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Jakomo Raspadori qishki transfer oynasida klubni tark etishga tayyor.
25 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Insayder Nikolo Skiraning yangilangan hisobotida aytilishicha, italiyalik futbolchi vataniga qaytishga qaror qilgan va "matraschilar" uni yanvar oyida Rim klubiga qo'yib yuborishiga umid qilmoqda. "Jallorossi" hujumchi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomani kelishib bo'lgan.
"Roma" Jakomo Raspadorini "Atletiko"dan 20 mln evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan, muzokaralar davom etmoqda. Avgust oyida madridliklar futbolchini "Napoli"dan 22 mln evroga sotib olgandi.
