logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Pasni qishdayoq qaytaradimi?

 29 DEKABR, 2025, 11:24

Italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Komo" sharafini himoya qilayotgan argentinalik hujumkor yarim himoyachi Niko Pas qishda "Real"ga qaytmaydi.

Shu bilan birga, klub va 25 yoshli futbolchi o'rtasida ehtimoliy qaytish bo'yicha kelishuv bor va Pasning o'zi yana "Real" futbolkasini kiymoqchi. Yakuniy qaror yozdagi vaziyatga bog'liq bo'ladi.

Hozirda Transfermarkt portalida 65 million evroga baholanayotgan Pasni madridliklar 9 million evroga qaytarish huquqiga ega.

Niko Pasning ushbu mavsumda A Seriyadagi ko'rsatkichlari: 16 ta o'yin, 5 ta gol, 5 ta golli uzatma (hozircha liganing eng yaxshi assistenti). Gol+pas ko'rsatkichi bo'yicha ligada etakchi. 6 marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Eng ko'p dribling amalga oshirgan futbolchi — 37 marta. Raqibdan to'pni eng ko'p tortib olgan o'yinchi — 122 marta.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ