logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniyalik yulduz 1 oy futbol o'ynamaydigan bo'ldi

 29 DEKABR, 2025, 11:12

Sevilya shahrining "Betis" klubi sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik xavbek Isko tizzasidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 33 yoshli yarim himoyachi bir oy davomida maydonga tusha olmaydi. U artroskopik operatsiyani boshdan kechiradi.

Isko Evropa Ligasi umumiy bosqichida Niderlandiyaning "Utrext" jamoasiga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi ikkita o'yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchining "Betis" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Iskoning bozor narxi Transfermarkt portali tomonidan to'rt million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ