logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kristian Eriksen kardiostimulyator o'rnatilgandan keyingi hayoti haqida so'zladi

 29 DEKABR, 2025, 10:48

«Volfsburg» yarim himoyachisi Kristian Eriksen implantatsiya qilingan kardioverter-defibrillyator bilan kundalik hayoti qanday o'tayotgani haqida gapirdi. Ushbu qurilma yurak ritmini doimiy ravishda nazorat qiladi va zarurat tug'ilganda uni tiklash imkoniga ega.

«Tushunishimcha, batareyani taxminan har 15 yilda almashtirish kerak bo'ladi. Demak, oldimda yana o'n yilcha vaqt bor.

Shifoxonada bu jarayon kompyuter orqali nazorat qilinadi: sen almashtirishga qancha vaqt qolganini ko'rib turasan, shundan keyin shunchaki tekshiruvga kelasan. Qurilma doimo men bilan — u menga zarur va men shunday bo'lishini istayman. Yaxshiyamki, batareya quvvati kamayib borayotganini umuman sezmaysan.

Rostini aytsam, men bu haqda deyarli o'ylamayman. Na o'yin paytida, na mashg'ulotlarda — nega bilmadim, ammo bu haqdagi fikrlar umuman kelmaydi. Bu erda hech qanday salbiy jihat yo'q. Bu — shunchaki mening bir qismim», — deya Eriksenning so'zlarini The Times keltiradi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilda Evropa chempionati doirasida Daniya terma jamoasi o'yini paytida Eriksenning yuragi maydonda to'xtab qolgan, shundan so'ng unga maxsus tibbiy qurilma o'rnatilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ