«Liverpul» 14 yoshli ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
29 DEKABR, 2025, 09:36
Ukraina U-15 terma jamoasi yarim himoyachisi Miroslav Vaskovskiy faoliyatini «Liverpul» tizimida davom ettiradi. 14 yoshli futbolchining transferi rasman mersisaydlik klub matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
«Liverpul» Avstriyaning «Austriya» klubidan Angliyaga ko'chib kelgan futbolchining o'tish hujjatlarini to'liq rasmiylashtirdi. Vaskovskiy Kievning «Lokomotiv» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
«Liverpul»ga xush kelibsan, Miroslav!» — deyiladi klub bayonotida.
Ukrainalik iqtidor 2022 yilda «Austriya» safiga qo'shilgan, 2025 yil iyul oyidan esa mersisaydliklar akademiyasida tayyorgarlik o'tayotgan edi. Dekabr oyi oxirida «qizillar» barcha rasmiy masalalarni hal qilib, bitimni rasman yakunladi.
Dekabr oyida Vaskovskiy Portugaliyada o'tgan UEFA rivojlanish turnirida ishtirok etish uchun Ukraina U-15 terma jamoasiga chaqirildi. Joriy mavsumda u «Liverpul»ning U-14 va U-15 jamoalari safida to'p suradi.
