logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" "Bornmut" yulduzi Semeno uchun kurashdan chiqmagan

 29 DEKABR, 2025, 05:54

"Liverpul" hamon qishki transferlar vaqtida "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni o'z safiga qo'shib olishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Avvalroq, "qizillar" "Manchester Siti"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan ganalik uchun bahsdan chiqib ketgani xabar qilingandi. Shunga qaramay, jurnalist Pol Xyorstning ma'lum qilishicha, "Liverpul" hamon Semenoni o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Bitim taqdiri 1 yanvar kuni hal bo'lishi mumkin: agar bu vaqtga kelib "shaharliklar" transferni yopmasa, demak, boshqa da'vogarlar hali ham poygada ishtirok etmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, "Manchester Siti" bu boradagi sa'y-harakatlarni faollashtirgan va yaqin bir sutka ichida 25 yoshli futbolchi bilan yangi muzokaralar o'tkazib, u bilan uzil-kesil kelishib oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ