"Manchester Siti" Semenoni qo'lga kiritsa, yosh vingerni qo'yib yuboradi
29 DEKABR, 2025, 05:48
"Manchester Siti" vingeri Oskar Bobb jamoaga Antuan Semeno kelsa, klubni tark etishi mumkin.
"Bornmut"ning 25 yoshli ganalik futbolchisi yanvar oyida "shaharliklar" safiga qo'shilishi ehtimoli yuqori. talkSPORT xabariga ko'ra, bunday holatda "Siti" shundoq ham asosiy tarkibda kam maydonga tushayotgan Bobbning ketishini ma'qullaydi. 22 yoshli norvegiyalik futbolchini Premer-liganing yana ikki vakili - "Kristal Pelas" va "Fulxem" nishonga olgan.
Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, Oskar Bobbning narxi 25 mln evroni tashkil etadi. Futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida 15 ta o'yinda bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
