logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frank "Tottenxem"ning transfer rejalari haqida gapirdi

 29 DEKABR, 2025, 05:36

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank klubning qishki transferlar oynasidagi rejalari haqidagi savolga javob berdi.

Yakshanba kuni "shporlar" Premer-liga doirasida safarda "Kristal Pelas" ustidan g'alaba qozondi (1:0). Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar daniyalik murabbiydan yanvarda tarkib kuchaytirilishiga umid qilish-qilmasligini so'rashdi.

"Albatta, transfer oynasi tez orada ochiladi va biz variantlarni ko'rib chiqamiz, ammo bu haqiqatan ham jamoani kuchliroq qiladigan futbolchi bo'lishi kerak. Agar mos variantlarni topishning iloji bo'lmasa, unda kutgan ma'qul, biroq biz bozorni albatta o'rganib chiqamiz," deb aytgan Frank intervyuda.

"Tottenxem" APL turnir jadvalida 18 turdan so'ng 25 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ