"PSJ" yulduziga oltita top-klub da'vogarlik qilmoqda
29 DEKABR, 2025, 05:30
"Pari Sen-Jermen" vingeri Bredli Barkola Evropaning boshqa grandlari tomonidan qiziqish uyg'otishda davom etmoqda.
23 yoshli futbolchining holatini "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur. Bundan tashqari, frantsiyalik futbolchiga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. Yanvardagi transfer esa deyarli istisno qilingan - "PSJ" futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Bredli Barkolya joriy mavsum parijliklar safida 21 ta o'yinda 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Lion" tarbiyalanuvchisining Transfermarkt portalidagi narxi 70 mln evroga baholanmoqda.
