Gavi "Barselona" va "Real"ning chempionlik uchun kurashi haqida gapirdi
29 DEKABR, 2025, 04:48
"Barselona" futbolchisi Gavi Madridning "Real" klubi bilan raqobati haqida fikr bildirdi.
"Ko'k-anorranglilar" La Liga turnir jadvalida 18-turdan keyin peshqadamlik qilmoqda va "qaymoqranglilar"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
"Ko'rinib turibdiki, "Real" - Ispaniya ichidagi asosiy raqobatchimiz, ammo o'tgan mavsumda biz nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatdik. Hozir ham jamoamiz zo'r ko'rinmoqda.
Joriy mavsum "Barsa" uchun ajoyib o'tmoqda, ammo eng muhimi hali oldinda - hammasi oxirida hal bo'ladi. Biz bo'shashishimiz kerak emas, shu ruhda davom etishimiz kerak," - deya Gavining intervyusidan iqtibos keltiradi Managing Barca.
