logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. Safarda «Atalanta»ni enggan «Inter» peshqadamga aylandi

 29 DEKABR, 2025, 04:36

"Inter" Italiya chempionatining 17-turida safarda "Atalanta"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona golni 65-daqiqada argentinalik hujumchi Lautaro Martines kiritdi. 35-daqiqada VAR tekshiruvidan so'ng "Inter"ning frantsiyalik forvardi Markus Tyuramning goli inobatga olinmadi (ofsayd).

"Atalanta" barcha turnirlardagi uchta g'alabadan iborat seriyasini to'xtatdi. 17 o'yinda 22 ochko to'plagan "Inter" A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. "Inter" 16 o'yinda 36 ochko to'plab, 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

Keyingi turda "Atalanta" 3 yanvar kuni "Roma"ni qabul qiladi. "Inter" 4 yanvar kuni o'z maydonida "Bolonya"ga qarshi bahs olib boradi.

Atalanta - Inter - 0:1

29 dekabr, 01:00. Atleti Adzurri d'Italiya (Bergamo)

Gollar: Martines, 65 (0:1)

Atalanta: Karnesekki, Xin, Kolashinats (Samardjich, 75), Djimsiti, Ederson, de Ron, Zalevski (Bernaskoni, 65), Dzappakosta (Musa, 46), Pashalich (Sulemana, 58), De Ketelare, Skamakka

Inter: Zommer, Akandji, Bastoni, Bissek, Zelinski (Frattezi, 84), Xakan Chalxanoglu, Barella (Karlos Augustu, 76), Dimarko (Mxitaryan, 76), Luis Enrike, Tyuram (Espozito, 64), Martines (Diuf, 83)

Ogohlantirishlar: Kolashinats, 19. Sulemana, 80 - Bastoni, 77

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ