logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Real Madrid” portugaliyalik yarim himoyachini bepul qo'lga kiritishi mumkin

 29 DEKABR, 2025, 00:00

Madridning “Real” klubi 2026 yil yozida erkin agent maqomini olishi mumkin bo'lgan yarim himoyachilarni diqqat bilan kuzatmoqda. “Qirollik klubi” qishki transfer oynasida ushbu pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirmagan.

Manbaga ko'ra, “Real” uchun eng maqbul variantlardan biri — Portugaliya terma jamoasi va “Al-Hilol” klubi safida to'p surayotgan 28 yoshli Ruben Nevesh hisoblanadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni klubi 15–20 million evro atrofida taklif tushsa, futbolchini joriy qishdayoq sotishga tayyor.

Nevesh “Al-Hilol” safida 2023 yil yozidan buyon harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, “Real Madrid” La Liga joriy mavsumida 18 ta uchrashuvdan so'ng 42 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

Avvalroq, “Qirollik klubi” “AZ Alkmaar” safida to'p surayotgan 19 yoshli yarim himoyachi Kes Smitga qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. Niderlandiya klubi futbolchining transferidan taxminan 60 million evro ishlab olishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ