Usmon Dembele - Globe Soccer Awards talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi
28 DEKABR, 2025, 22:30
"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele shu daqiqalarda Dubayda bo'lib o'tayotgan Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Dembele Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va 2025 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, sovringa Vitinya ("PSJ"), Kilian Mbappe ("Real"), Rafinya, Lamin Yamal (ikkalasi ham - "Barselona") da'vogarlik qilgan.
