Globe Soccer Awards. Yamal - yilning eng yaxshi hujumchisi, Vitinya - eng yaxshi yarim himoyachi
28 DEKABR, 2025, 22:06
Bugun Dubayda Globe Soccer Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Eng yaxshi hujumchi sovrinini "Barselona"dan Lamin Yamal qo'lga kiritdi. Shuningdek, Usmon Dembele, Xvicha Kvaratsxeliya (ikkalasi ham - "PSJ"), Kilian Mbappe ("Real"), Rafinya ("Barselona") da'vogarlar safida bor edi.
Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi sovrini "PSJ" vakili Vitinyaga! topshirildi. Shuningdek, Jud Bellingem ("Real"), Joau Nevesh ("PSJ"), Koul Palmer ("Chelsi"), Pedri ("Barselona") ham nomzodlar qatoridan joy olgandi.
