"Milan" hujumchisiga turk grandlari qiziqib qoldi
28 DEKABR, 2025, 17:30
"Milan" jamoada o'zini ko'rsata olmagan hujumchi Kristofer Nkunku bilan xayrlashishga tayyor.
Xabarlarga ko'ra, Turkiyaning "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" rahbariyati frantsuz hujumchisining transfer imkoniyatlarini bilish uchun futbolchining agenti Pini Zaxavi bilan bog'langan.
Muammo shundaki, "Milan" narx borasida yon berishga tayyor emas - jamoa uni sotib olish uchun ishlatilgan 35 million evroni qaytarib olmoqchi. Bu esa katta muammoga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Tuttomercato.
