logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ashraf «Real» darajasiga etganini his qilmoqda

 28 DEKABR, 2025, 16:42

Madridning "Real" klubi "PSJ" o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyga qiziqish bildirmoqda va uni 2026 yilda jamoaga qaytarishga harakat qilib ko'rishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli marokashlik futbolchi sobiq klubiga bo'lgan mehrini hech qachon yashirmagan va hozirda uning safida o'ynash uchun kerakli darajaga etganini his qilmoqda.

Hozirda "PSJ" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma transferdagi asosiy to'siq bo'lishi mumkin. Parijliklar asosiy futbolchilaridan birini azaliy raqiblaridan biriga osonlikcha berib qo'ymaydi.

Transfermarkt portali 80 million evroga baholayotgan Ashraf "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yildan 2020 yilgacha ispan grandiga tegishli bo'lgan. Jamoa uchun jami 17 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ