logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jo Rogan UFC’ning asosiy istiqbolini aytdi: "U MMA kelajagi!"

 28 DEKABR, 2025, 16:32

Taniqli sharhlovchi UFC’dagi faoliyatini ketma-ket uchta jangda birinchi raunddayoq qo'lga kiritilgan nokautli g'alaba bilan boshlagan aralash yakkakurash ustasi 2026 yil kashfiyoti bo'lishini aytmoqda.

Uning aytishicha, kamerunlik o'rta vazn toifasi vakili Ateba Gote aralash yakkakurashlarning bo'lajak super yulduzi unvoniga davogarlik qiladi. 

"Bu Ateba Gote, kamerunlik qo'rqinchli yigit. U o'rta vaznda harakat qiladi, bo'yi bir metru to'qson santimetr, yunon xudosi kabi tuzilishga ega va umuman hammani o'z yo'lidan surib tashlamoqda. Uning barcha raqiblari shunchaki uchib ketishdi. Dahshatli kuch, aql bovar qilmaydigan tezlik, ajoyib texnika - barchasi uning yonida. Buning ustiga u juda kuchli. U o'z vazn toifasi uchun juda katta va ajoyib zarbaga ega. Bu yigit - kelajak. U MMAning kelajagi", - dedi Rogan podkastining navbatdagi sonida.

"Sokin qotil" laqabini olgan 23 yoshli Ateba Gote o'zining navbatdagi jangini 24 yanvar kuni Las-Vegasdagi UFC 324 turnirida "SHtorm" maktabi vakili 28 yoshli rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi o'tkazadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ