logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano Mastantuononing "Real"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

 28 DEKABR, 2025, 16:30

"Real"ning 18 yoshli vingeri Franko Mastantuono klubda qoladigan bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Mastantuono yanvar oyida ijaraga ketishi mumkinligi haqidagi barcha xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. "Real" rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso argentinalik futbolchini bo'lajak loyihaning asosiy qismi deb hisoblamoqda.

"Real" Mastantuononi joriy yilning avgust oyida sotib olgan edi. O'shandan beri u barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mastantuononing "qaymoqranglilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ