logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola "Siti"ning inqirozdan chiqqan paytini aytdi

 28 DEKABR, 2025, 16:18

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi o'tgan mavsumdagi o'yin inqirozini qanday bartaraf etganini aytdi. Futbol bo'yicha APLning 18-turida "shaharliklar" 27 dekabr, shanba kuni "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi (2:1). Musobaqaning o'tgan mavsum 28-tur uchrashuvida "to'qaychilar" ispaniyalik mutaxassis jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Bu juda muhim lahza edi, ammo klublar o'rtasidagi jahon chempionatida AQShda hamma narsa o'zgardi. Vaziyatni tahlil qildik, ko'p gapirdik, ko'p narsani o'zgartirdik", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati rasmiy saytida.

"Nottingem Forest"ni mag'lub etgan "Manchester Siti" APLdagi g'alabali seriyasini oltita o'yinga etkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ